So’nggi yangiliklar

13:43Про лиганинг кетма-кет 8та ўйинида мағлуб бўлган "Дўстлик" устози жамоадан кетди  0 12:53Модрич "Реал"даги келажаги борасида бир қарорга келди  2 12:52Бекободликларнинг ғалабасиз серияси давом этадими? "Андижон" - "Металлург" учрашувига превью  5 12:20"Барселона" Хавини истеъфога чиқарса қанча товон пули тўлайди?  3 12:09Алонсо ва "Байер" бугун Германия футболи тарихига кириши мумкин  7 11:57АПЛга кимлар қайтмоқда?  0 11:43ОКМК — Футбол мактабидан футбол академияси сари  0 11:01Клопп қайси учрашувдан сўнг «инсульт» бўлиб қолиши мумкин бўлгани ҳақида гапирди  3 10:37Томас Тухель Англия клуби билан музокара олиб бормоқда  2 10:34"Нефтчи" 2011 йилдан буён Наманганда ғалаба қозона олмаяпти, "Сурхон" "Насаф"ни фақат бир марта мағлуб этган — Суперлига 8-тур превьюси   6 10:13Мбаппе жароҳат олди  4 09:4839 ёшли Криштиану Роналду Саудияда яна бир рекордни янгилади  33 09:24Хави ёзда «Барселона»дан кетади. Каталония клуби унинг ўрнига уч нафар номзодни кўриб чиқмоқда  4 09:00«Бавария»ни бошқариш учун ягона номзод қолди  3 08:34Sofascore. Туркия чемпионатидаги дебют голини ажойиб тарзда урган Азизбек Турғунбоевнинг ҳаракатлари қандай баҳоланди  3

U-23 Osiyo kubogi. Yaponiya chempion! Olimpiadaga chiqib bo'lgan O'zbekiston penaltidan gol ura olmadi Yangiliklar

U-23 Osiyo kubogi. Yaponiya chempion! Olimpiadaga chiqib bo'lgan O'zbekiston penaltidan gol ura olmadi

U-23 Osiyo kubogi finali doirasidagi O'zbekiston hamda Yaponiya o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

U-23 Osiyo kubogi

Final

O'zbekiston - Yaponiya 0:1

Jassim bin Hamad nomidagi stadion. 20:30

Bosh hakam: Moud Bonyadifard (Eron)

Yordamchi hakamlar: Saed Ghasemi, Ildorim Alirizo (ikkisi – Eron)

Zaxira hakami: Abdulla Al Marri (Qatar)

Zaxira hakami yordamchisi: Zaxi Al SHammari (Qatar)

VAR: Evans Robert (Avstraliya)

AVAR: SHen Yinxao (Xitoy)

Gol: 0:1 — 90+1, Fuki Yamada.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Saidazamat Mirsaidov (3.Zafarmurod Abdirahmatov, 74), 5.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 10.Jasur Jaloliddinov (8.Ibrohim Ibragimov, 85), 17.Diyor Xolmatov (15.Umarali Rahmonaliev, 90+5), 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchaev (11.Otabek Jo'raqo'ziev, 90+5), 20.Ruslan Jiyanov (9.Ulug'bek Hoshimov, 74), 22.Alisher Odilov, 23.Abdurauf Bo'riev.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 21.Hamidullo Abdunabiev, 13.Mahmud Mahamadjonov, 16.Asadbek Rahimjonov.

Yaponiya U-23: 1.Leo Kokubo, 4.Hiroki Sekine, 5.Seiji Kimura, 22.Kota Takai, 21.Ayumu Ohata, 8.Joel CHima Fujita, 7.Rihito Yamamoto (6.Sota Kavasaki, 72), 17.Kuryu Matsuki (13.Ryotaro Araki, 62), 9.SHota Fujio (20.YU Hirakava, 62), 19.Mao Hosoya, 10.Kein Sato (11.Fuki Yamada, 72).

Zaxira: 12.Taishi Brandon Nozava, 23.Taiki Yamada, 2.Riku Handa, 3.Ryuya Nishio, 15.Kaito Suzuki, 14.Satoshi Tanaka.

Ogohlantirish: SHota Fujio (7), Mao Hosoya (16), Seiji Kimura (75), Abduvohid Nematov (79), Zafarmurod Abdirahmatov (90+13)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! YAPONIYA CHEMPION! HAMYURTLARIMIZGA ESA TURNIRDAGI MUNOSIB ISHTIROK UCHUN MINNATDORCHILIK BILDIRAMIZ!

90+6. Ketma-ket hujumlarimiz samarasiz yakunlanmoqda.

90+10. Rahmonaliev penaltidan zarba yo'lladi... Keling, uning zarbasi tariflagandan ko'ra, ko'rmay qoldim, deb qo'yaqolganim maqulroq. Kattalar aynan Qatarda penaltilardan yutqazgandi, kichiklar... Nima bo'lgan taqdirda ham davom etamiz, bo'shashmaymiz, yigitlar. 

90+9. Penalti belgilandi.

VAR bosh hakamni monitorga chorladi. Yaponiya darvozasiga penalti belgilanishi mumkin.

90+5. Yaponiya jarima maydonida to'p raqib himoyachisiga tekkandek ko'rindi. Hakam nuqta qaerda ekanligini unutib qo'ydi, shu bois, o'yin davom etadi.

90+1. GOL! Uchrashuv yakuni arafasida Fuki Yamada Yaponiyani hisobda oldinga olib chiqdi. Yuksak madaniyatimizni saqlagan holda ichimizda so'kinib qo'yaqolamiz.

90. Ikkinchi bo'limga bitta jamoa futbolchilari soniga teng daqiqa qo'shib berildi.

85. Termamiz tarkibida o'zgarish: Jaloliddinov o'rniga Ibragimov maydonga tushirildi.

81. Yaponiyalik hujumchi noaniq zarba berish bo'yicha qolganlarga master-klass o'tib berdi.

79. Nematovga sariq kartochka ko'rsatildi.

77. Nematov raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatmoqda.

75. Birovga qo'l ko'tarish adolatdan emas, ammo futbol hakamining qo'l ko'tarishi adolat taminlanishiga xizmat qiladi. Kimura ogohluntirildi.

74. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish: Mirsaidov va Jiyanov o'rniga Abdirahmatov va Hoshimov o'yinga qo'shildi.

73. Odilovning markazdan yo'llagan zarbasidan so'ng negadir poytaxtdagi yangi qurilayotgan uylarning narxi yodimga tushib ketdi.

72. Yaponiya tarkibida yana ikki o'zgarish ro'y berdi.

69. Dastlab Yaponiya, so'ngra O'zbekistonda xavfli vaziyat yuzaga keldi, ammo ularni yakunlashda hujumchilarimiz oqsadi.

65. Jiyanovning o'ng qanotdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. Yaponiya darvozaboni qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

62. Yaponiya tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

59. O'zbekiston ketma-ket ikki xavfli vaziyat yuzaga keltirdi, ammo yakuniy zarbani yo'llaydigan futbolchi topilmadi.

57. Mezbonlar tomonidan zarba. Yaponiyalik hujumchi o'zining butsasini kiyishni unutib, ikki razmer katta butsa kiyib olganga o'xshaydi.

52. Yaponiyaliklar tepgan to'pni Nematovning qo'llaridagi magnit tortib oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Umid qilamanki, ushbu bo'limni esnoq tutmasdan tomosha qilamiz.

Taym yakunlandi.

45+3. Hamyurtlarimiz burchak zarbasi amalga oshirmoqda. To'p havoda vaqti o'yinga oid statistikani qidirishga harakat qilib ko'raman.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug'bek umri davomida 1018 yulduzni o'rgangan. Mirsaidov tepgan to'p orqali 1019-yulduzni kashf etish imkoniyatiga ega bo'ldik.

41. ZARBA! Jaloliddinovning tepgan to'pi raqib darvozasining to'siniga tegib, peshonasini g'urra qilib oldi.

40. Yaponiyalik futbolchi Odilovga nisbatan qoidabuzarlikni shunchalik aniqlik bilan amalga oshirdiki, hatto hakam ham bunga beetibor qaray olmadi.

38. Jiyanov tepgan to'p radarga tushishdan cho'chigan holda raqib posbonining qo'chog'iga yo'l oldi.

35. Xolmatov Norchaevga qiymati bitta pachka turadigan uzatma amalga oshirdi, raqib himoyachilari biroz epchillik qilishdi.

Zarbalar bo'yicha 5:1 hisobida oldinda ekanmiz.

28. Yaponiyalik futbolchi yigitlarimizning boshini changallaydigan zarba yo'llashiga bir bahya qoldi.

26. Yamomoto Xolmatovning shamoliga yiqilib tushdi.

22. Futbolchilar xuddi tajribali shaxmatchilar singari har bir qadamini, har bir pasini hisob-kitob qilib, bosh aylantiruvchi kombinaciyalar uyushitirishga urinmoqda.

To'p nazorati (foiz): 58-42, hamyurtlarimiz fodasiga.

16. Yaponiyaliklar raqib futbolchisini to'xtatib qolish kerak degani ko'rsatmani asl manosida tushungan ko'rinadi. Hakam Hosoyaga aslida qanday o'yin namoyish etish kerakligini cho'ntagidagi qog'ozi orqali tushuntirib qo'ydi.

13. Hamyurtlarimizning zarbasi tezligi xonamdagi router tezligi bilan bir xil bo'lgani uchun raqib posboniga qiyinchilik tug'dirmadi. 

9. ZARBA! Norchaev raqib jarima maydoniga kirib bordi va zarba yo'lladi, biroz noaniq.

7. Hakam qo'lidagi sariq rangdagi kartochkasi bilan Fujioga qarab Ozodlik haykaliga taqlid qildi.

5. Birinchi fol. Aslida Hosoya raqibini quchoqlamoqchi edi. Faqat oyoqlari bilan.

2. O'yinning dastlabki daqiqasi o'tib bo'ldi. Ammo hisob haliyam 0:0.

1. Uchrashuv boshlandi! Hakam hushtagini chalishi bilan futbolchilar to'pni do'pposlay boshladi. Hamyurtlarimiz 90 va hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda o'zimiz xohlagan natijaga erishadigan o'yin namoyish eta olsa bo'lgani. Qolgan daqiqalar raqib jamoaga sovg'a.

Harbiylar Timur Kapadze qo'l ostidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga finalda omad tiladi!

 O'zbekiston olimpiya terma jamoasining stadionga etib kelishidan eksklyuziv kadrlar!

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogining hal qiluvchi uchrashuvini birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +37   

Fikrlar

+33   
03 may 22:40:40
Мансур
Йиғлама Умарали сан қахрамон хаммамиз сани яхши тушунамиз бу пеналти сани янада кучли қилади яна ўз устингдан ишлашда мажбур қилади биз сен билан биргамиз укажоним.Фахрланамиз сизлар билан
+30   
03 may 22:56:07
Мансур
Аббос Абдуқодир Хожимат бўлган еб қўярди бу Японияни бизникилар лекин рахмат шунисига хам зўр ўйин кўрсатди
+28   
03 may 22:45:09
Kamal Tlepbaev
2018dagi chempionlikdan hozirgi olimpiya yollanmasi ming marta yaxshi deb oylayman
+28   
03 may 22:43:13
Мансур
Бизни бази бир эксперт мухлисларимизга саволда 32 йил деганда шу укалариз Олимпиадага олиб чиқди яна нимага камчилик қидиряпсизлар рахмат айтишимиз керакмасми футболда ютқазмайлиган жамоанинг ўзи йўқ
+23   
03 may 22:51:52
Tigr
Ҳа тўғри финалда хатолар бўлди! Келинглар бизга орзиқиб кутган ОЛИМПИАДАНИ тақдим қилган шу йигитларни олқишлайлик! Буни биз қанчп кутдик... Ношукр бўлманглар
+22   
03 may 22:45:07
Sarvar
Hammasi Ollohdan Barchasi bejizga emas.Lanati Isroil bilgan oʻynamaymiz shunisiga shukur
+21   
03 may 22:46:15
Azamat Abdimuminov
Abbosni joyi bilindi baribir
+18   
03 may 22:24:45
Jan Reno
ЙИГИТЛАР КАТТА РАХМАТ, укалар сизларгача бу ишни хеч ким эпламаганди.
Мурод сур буттан.
+18   
03 may 21:18:11
Шухрат Эргашев
Олимпик лойихаси узини оклади. Темур Кападзега ишонишда давом этавериш керак. Темурга жисмоний тайёргарлик буйича зур ёрдамчи керак. Худо хохласа енгамиз, японлар жаа зур эмас, уйнаса, ютса булади.
+17   
03 may 22:51:47
Football ekzotika
Bolalarga raxmat 2-tarkib bilan yaponiya bilan tengma teng uynadu.Olimpidaga bizni xursand qiladi bular
+17   
03 may 22:45:43
HAVASKOR JURNALIST
Yaxshi bo'ldi 23ta Taxoe davlat budjetida qoladigan bo'ldi)))
+17   
03 may 22:44:52
France_98
Умарали Рахмоналиев вақтида жанг қилиб берди. Олимпиада билан табриклайман. Болларни сўкятганлар Ўзи инсоф берсин сенларга.
+17   
03 may 22:43:53
Андижан
Майли футболчиларимизга рахмат кумуш медал олдик Олимпиада га чикдик кападзе яхши ишлабди унга хам алохида Рахмат Олимпиада у́йинларида ку́ллаб кувватлаймиз Олга У́збекистон
+16   
03 may 22:51:42
Мансур
Фахрланса бўлмайдими Ўрта осиёда биздан зўри йўқ
+16   
03 may 22:50:22
Akbarxo'ja Tursunov
Bolla molodes zo'r o'ynashdi. Umaraliyam zo'r, jamoaga kotta foydasi tegdi. Muhimi Olimpiadani oldik Alhamdulillah. Bu 20 yillik orzu edi! Shukr qillaring ayrim negativchalar
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика