Tomas Tuxel: Madriddagi g'alaba bizni finalga olib chiqadi
01 may 09:54
Yangiliklar
Tomas Tuxel: Madriddagi g'alaba bizni finalga olib chiqadi
Bavariya ustozi Tomas Tuxel Real Madridga qarshi kechgan bahs haqida fikr bildirdi.
«Birinchi bo'limni yaxshi boshladik. Dastlabki daqiqalardan hujumlar qildik. Ammo keyinchalik negadir reja bo'yicha ish qilmadik. Buni bilmayman. Keyin gol o'tkazib yubordik va o'zimizning vaziyatimizni og'irlashtirdik.
Ikkinchi bo'lim ancha yaxshi bo'ldi. Ancha tarkibli o'yin ko'rsatdik. Oldinga chiqib oldik, undan so'ng ham bir qator xavfli vaziyatlar yaratdik. Biz uchinchi golni urishimiz kerak edi. biroq bu sodir bo'lmadi. Raqib uchrashuv davomida 2 ta imkoniyatga ega bo'ldi va har ikkisini gol bilan yakunladi. Bu juda g'alati.
Holat barchaga ayon. Madriddagi g'alaba bizni finalga olib chiqadi. Men uchun hali ham imkoniyatlar teng. Ko'ramiz nima bo'ladi».
Fikrlar
Хапамисиз жопабе?)
Tomas Tuhel kubog murabbiyi va alohida uyinlarda jamoani zur tayyorlashini yana bir bor isbotladi.
Ammo bu Madrid.Madrid bn juda yahshi o'ynab ham natijaga erishib bolmasligini Siti ham tushundi Tuhel ham tan oldi.Bu turnir Madridniki.Statistika shunchaki qoil.2zarba 2ta gol Realda.Ruhiy tomonlama,irodasi Madridni juda ham kuchli.
Nemis mashinasi bn Santyago Bernabeuda Realni imkoniyatlari keyingi bosqich chiqishda yuqori deb Bavariya va uning muhlislariga hurmatni saqlagan aytaman.
Menimcha real o'zi uchun kerakli hisobni kecha qayd etdi.Bu kechaki tog'ri maydonda strategiya bn uynagan jamoaga qarshi durang uynash qoniqarli va yahshi natija.
Real o'zida uynasa ham javob uchrashuvida qiynalsa kerak ammo finalga chiqish ehtimoli koproq.
Omad Madrid