So’nggi yangiliklar

14:49"Ал Ҳилол" мухлислари "Ал Насср"га қарши баҳсда "Месси! Месси!" деб бақиришди  2 14:31"Реал" келаси йил "Ливерпуль"нинг 70 млн. евролик футболчисини сотиб олиши мумкин  1 13:43Про лиганинг кетма-кет 8та ўйинида мағлуб бўлган "Дўстлик" устози жамоадан кетди  0 12:53Модрич "Реал"даги келажаги борасида бир қарорга келди  2 12:52Бекободликларнинг ғалабасиз серияси давом этадими? "Андижон" - "Металлург" учрашувига превью  5 12:20"Барселона" Хавини истеъфога чиқарса қанча товон пули тўлайди?  3 12:09Алонсо ва "Байер" бугун Германия футболи тарихига кириши мумкин  8 11:57АПЛга кимлар қайтмоқда?  2 11:43ОКМК — Футбол мактабидан футбол академияси сари  0 11:01Клопп қайси учрашувдан сўнг «инсульт» бўлиб қолиши мумкин бўлгани ҳақида гапирди  3 10:37Томас Тухель Англия клуби билан музокара олиб бормоқда  2 10:34"Нефтчи" 2011 йилдан буён Наманганда ғалаба қозона олмаяпти, "Сурхон" "Насаф"ни фақат бир марта мағлуб этган — Суперлига 8-тур превьюси   6 10:13Мбаппе жароҳат олди  4 09:4839 ёшли Криштиану Роналду Саудияда яна бир рекордни янгилади  35 09:24Хави ёзда «Барселона»дан кетади. Каталония клуби унинг ўрнига уч нафар номзодни кўриб чиқмоқда  4

Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yaponiga qarshi kechgan Osiyo kubogi final bahsidan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

 Yaponiya jamoasini tabriklayman. Biz bugun raqibdan yaxshiroq o'ynadik, ammo mag'lub bo'ldik. Uchrashuv so'ngida, hisobni tenglashtirishda ajoyib imkoniyatimiz bor edi, ammo nasib qilmagan ekan. Xudo shuni taqdirimizga yozgan ekan va bugun shunday ham bo'ldi. Biz mag'lubiyatga munosib emas edik. Asosiy maqsadimiz Olimpiadaga yo'l oldik. Keyingi musobaqalarda ancha kuchliroq bo'lib qaytishimizga ishonaman.

- Bugungi uchrashuvda uchta futbolchimiz jarohati sabab zaxiraga olindi. Bu natijaga qanchalik tasir qildi deb o'ylaysiz?

- Birinchi bo'lim kurashlarga juda boy bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa bunday bo'lishi aniq edi. O'yinchilarning majburiy o'zgarishi albatta o'yinimizga o'z tasirini o'tkazdi. Turnirda davomida ham futbolchilarda biroz muammolar bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo bu sabab bo'la olmaydi. Agar, uchta legionerimiz biz bilan qolganda balki yanada kuchliroq bo'lishimiz mumkin edi. Natija shunday bo'lishi taqdirimizga yozilgan ekan. Hayotimizda yana ko'p finallar bo'lishiga ishonaman. Barchasi hali oldinda.

- O'zbekiston futboli so'ngi yillarda juda katta o'sishga erishmoqda. Sizning rivojlanish sababi nima deb o'ylaysiz?

- Buning asosiy sababi hukumatning etibori va xalqimizning duosi degan bo'lardim. SHu sababli biz o'sishga erishmoqdamiz.

- Finalda o'ynamagan legioner futbolchilaringiz bugun maydonda bo'lganda, natija boshqacha bo'lishi mumkin edimi?

- Uchta asosiy futbolchilarimiz o'z klublariga jo'nab ketishdi. Ular bilan yanada kuchliroq bo'lar edik. Lekin nolimayman, sababi legionerlarimiz o'z klublariga yordam berishi kerak. Biroq bugun yomon o'ynamadik.

- Olimpiadaga qisqa vaqt qoldi. Olimpiadaga tayyorgarlik rejasini tuzib chiqdingizmi?

- Olimpiada haqida bugundan o'ylashni boshlashimiz kerak. Rejalarimiz bor. FIFA kunlarida tayyorgarlik ko'rishimiz aniq va bir nechta terma jamoalardan o'rtoqlik o'yini bo'yicha ham takliflar bor.

- O'zbekiston yoshlar darajasida juda ko'plab iqtidorli futbolchilarni etishtirib chiqaradigan "fabrika"ga aylandi. Endi ularni asosiy terma jamoaga jalb qilish vaqti keldimi?

- Yigitlarimiz hozir ham asosiy terma jamoadan chaqiruv olishmoqda. Milliy terma jamoada o'ynay oladigan futbolchilarimiz ko'p deb o'ylayman va ushbu musobaqadan keyin yanada ko'proq futbolchilarim asosiy terma jamoaga jalb etila boshlaydi deb umid qilaman.

Reyting: +43   

Fikrlar

+7   
04 may 00:43:36
Nik Zeyn
Raxmat Kapadze. Temur finalgacha hammasi zoʻr boʻldi. Faqat 1 xato. faqat 1ta.
uyam boʻlsa , oʻyin oxiri 1 - 0 yutqizvomiz. Odilovi say harakatilari bilan, Penalti ishladik. Maydonda 11 fudbolchi yonib turibdi. Lekin hozirgina zahiradan tushgan , hali oʻyini his qilmagan, Maydoni his qilmagan 15 nomeri penalti tepishi ????Temuri muraboylikdigi katta va bizni chempionlikdan mahrum qilgan shu qaror boʻldi........!!!!!!
+6   
04 may 00:11:46
Valverde Fede
Keyingi o'yinlarda omad Haqiqatdan Uzbekiston kuchliroq edi
+5   
04 may 00:29:03
erkak bolsang chida
Интернет тармокларда майдакаш Индонезияликлар ва ирокликлар японларга ён босишганини укидим. Шулар учун ютиштмизни хохлагандим. Манга бу жамоа ёкди. Факат хисобда ютказдик. Уйинда бу йигитлар кучли эди. Олимпиада Иншаллох, аввало тайергарликни яхши килиб, захирани кучли килиш керак. Шомуродов, Урунов керак. Абдурахматов урнига Ашурматов олсак . Жалолиддинов ва Файзуллаевлардан умид катта
+5   
04 may 00:14:46
Фк Аsaka
Менда Бориев билан Давроновни ойни яхши тасурот колдирди термага хам тортади бу ойинчилар
+4   
04 may 00:11:20
Shovruq88
Rahmat Temurbek Kopadze!!!!
+3   
04 may 01:13:39
Nik Zeyn
Anonymouse1 foydalanuvchining fikriga javob berish
Penalti borasida Kopadze hato qilmadi bunday vaziyatlarda penaltini kim tepishini murabbiy hal qmidi usha yonb turgan oyinchilarizi duxi yetmagan bolishi mumkin nuqtaga kelishi km jurat qgan bosa usha kep tepadi penaltida bop turadi Bu 15 raqamiyam Temur Kapadzeniyam xatosimas
Kechirasiz , oʻyindan oldin penaltini kimlar tepishini murabbiy hal qilib qoʻygan boʻladi. ( Sardorga oʻshab) Bu 1 emas bir qancha fudbolchilar boʻladi. Sababi asosiy 1 - penaltichi maydonda boʻlmasa ,2 - penaltichida jarohati boʻlsa uning oʻrniga kimlar tepishi ketma ketligini aynan bosh murabbiy tuzib chiqan boʻladi. Bunday boʻlmaganida barcha penalti uchun kurashib , oʻzini ham jamoani ham kulgili ahvolga solib qoʻyardi. Chelsi fudbolchilariga oʻxshab.
+3   
04 may 00:35:10
=JAGUAR=
O'zbekiston yaponlardan ko'ra kuchli ekan arab va boshqa finalga chiqomagan chmolar qisib o'tirsin !!! Yaponlarni omadi keldi aks holda gol urish armon bo'lib qolardi mayli endi mag'lubiyatga sabab deb Murod Rizayevni ko'rsatamiz!!! Qaysi nodon sharxlovchi final payti yaxshi gap etish o'rniga omadsizliklar haqida gapiradi?
+2   
04 may 07:49:19
safo78
Агар олимпиадага учта уйинчи олишса Шомуродов,Урунов ва Аширматовни олиш керак.
+2   
04 may 00:41:57
erkak bolsang chida
Shovruq88 foydalanuvchining fikriga javob berish
Zoʻr variyant!!Esanov qolib ketmasa boʻldi!Manimcha uni ham haqqi bor!!Boʻydor, gavdali bosh bilan zoʻr oʻynaydiHujumda ham gollar uradi!!!Oston,Eldor,Rustam,Esanov!!!
Таркиб учта ёши катта олинади. Таркибимиз УЗИ яхши . Каренг, Норчаев чарчаб колди замена одам тополмади Копадзе. Шунинг учун иккита хужумкор болла кейин, битта яхши химоячини этдим. Биза ёзвурамиз, Темур Копадзе га ишонаман
+2   
04 may 00:34:01
1994 Nurafshon
Темур Кападзе хакикий Узбек углони хаммаси учун катта рахмат бу галабаларимизни бошланиши келажакда олимпиадада бунданда юкори натижаларга єришиш насиб єтсин.
+2   
04 may 00:23:13
Мансур
Бир тарафдан яхшидур юлдузлик касалига чалинмайди ёшлармиз 2018даги чемпионларни кўпи бу касалга рўбарў келди булар яна мехнат қилади ва тўғри қилишади рахмат хаммаси учун Копадзе
+2   
04 may 00:21:52
JAHONGIR-707
Mard Bo'l Erkak 9111 foydalanuvchining fikriga javob berish
Tanish-bilish futbolni sindiradi. Bugungi finalda Oʻzbekiston tarkibida 17-raqamdagi futbolchi juda koʻp xatoga yoʻl qoʻydi. Vaqtida almashtirsa boʻlardi. Ammo, yaponlar gol urgan vaziyatni yaxshilab koʻrib chiqsangiz, aynan shu bolaning ketma-ket xatosi bilan yaponlarga toʻpni oldirib qoʻydi. Goldan keyin butun Yaponiya bizni 17-raqamli futbolchimizga rahmat aytishgan boʻlsa kerak. 17-raqamda oʻynagan Diyor Xolmatov sobiq futbolchi Akmal Xolmatovning oʻgʻli ekanligini koʻpchilik bilmasa kerak. Shu joyda toʻxtab, sarlavhaga bir qarab qoʻying. Armiya kundaligi kanalidan... Baribir rahmat Kopadze. Shu safar olib ketma shuni
Ҳамма билади. Шу жойгача етиб келишимизда Диёрнинг меҳнати жуда катта. Агар бу мусобақадаги ўйинлари учун Диёрнинг шаънига нимадир айтиш керак бўлса, фақат отасига раҳмат айтиш мумкин.
+2   
04 may 00:21:07
Fan_BARCA
Rahmat olimpiyada uchun Kapadze Uzb biz uchun har doim chempion !
+2   
04 may 00:19:21
Bakhtiyor Akbarov
Майли нима дердик,Темурга хам рахмат, отасига хам рахмат .
+2   
04 may 00:18:45
Bakhtiyor Akbarov
Майли нима дердик,Темурга хам рахмат, отасига хам рахмат .
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика