So’nggi yangiliklar

13:50Лаутаро Мартинес келажагини "Интер"да кўрмоқда  0 13:32Постекоглу "Тоттенхэм" камида уч нафар янги футболчи сотиб олишини истамоқда  1 13:17Бу қизиқ. "Сити" дарвозабони беш йилда иккита ўйинда майдонга тушди, лекин клуб уни қўйиб юбормайди  3 12:49Тошкентда ўтказилган "Воҳа дербиси"да "Насаф"нинг қўли баланд келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 12:36Ўзбекистон футзалининг энг яхшиларини тақдирлаш маросимига таклиф этамиз  0 12:24Баркли "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  0 11:59"Манчестер Юнайтед" Санчони 50 миллионга сотмоқчи  2 11:34"Байер" билан чемпион бўлган ҳимоячи "Бавария"га қайтади  2 10:39Аббосбек Файзуллаев жорий мавсум ушбу натижага эришган энг ёш футболчига айланди  16 10:02Яна бир «юлдуз» Саудия Арабистонидан кетмоқчи  3 09:31Муҳаммад Салоҳ «Ливерпуль»ни тарк этган Клоппга мурожаат қилди  3 09:00Футзал. Бугун Россияга қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушамиз  1 08:36Ўзимизнинг карикатура. Самвел Бабаян 53 ёшда  13 08:05Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  22 07:50РПЛ. "Нижний Новгород" - ЦСКА 2:6  0

Tailand poytaxti Bangkok shahrida OFKning futzal va sohil futboli qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Tailand poytaxti Bangkok shahrida OFKning futzal va sohil futboli qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Yig'ilishda har ikki sport turining davomiy rivojlanishini taminlashga qaratilgan say-harakatlar doirasida bir qancha muhim qarorlar qabul qilindi.

Unda O'FA qoshidagi futzalni rivojlantirish qo'mitasi rahbari Jahongir Usmonov ham ishtirok etdi.

Futzal bo'yicha Osiyo kubogi final uchrashuvi arafasida tashkil etilgan tadbirda qo'mita raisi Mehdi Taj final ishtirokchilarini tabrikladi. Tailand futbol associaciyasiga ajoyib mezbonlik va tashkilotchilik uchun minnatdorlik bildirdi.

Qo'mita 2025 yilda start oladigan futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi birinchi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida har to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan OFK ayollar futzali bo'yicha Osiyo kubogi turnirining formati, musobaqa sanalari va reglamentini tasdiqladi.

2025 yilning 7-18-may kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichida qitaning eng kuchli 12 terma jamoasi har biri to'rtta jamoadan iborat uchta guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi. Guruhda dastlabki ikki o'rin egalari va ikkita eng yaxshi uchinchi o'rinni egallaganlar chorak finalga yo'l oladi.

Osiyo kubogida sovrindor bo'lgan 3 terma jamoa esa futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi ilk Jahon chempionatiga yo'llanma oladi. Qo'mita shuningdek OFK mamuriyatiga saralash o'yinlari formati va musobaqa sanalarini aniqlab berish vazifasini topshirdi. Ular qabul qilingan arizalar sonidan kelib chiqqan holda hal qilinadi va 2025-yilning yanvar oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Yig'ilishida Osiyo futzalining rivojlanishiga tasir ko'rsatayotgan masalalar ham kun tartibiga qo'yildi.

Qo'mita azolari 2024 yilning 15-24-noyabr kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan sohil futboli bo'yicha Osiyo kubogining saralash o'yinlari formati va musobaqa sanalari to'g'risida fikr almashishdi.

Bundan tashqari, hakamlar, texnik va rivojlanishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha amalga oshirilgan keng qamrovli tashabbuslar hamda dasturlar, jumladan, OFK futzal va sohil futboli bo'yicha murabbiylik kurslari, azo associaciyalarni rivojlantirish bo'yicha onlayn uchrashuvlar masalalari ham muhokama qilindi.




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика