So’nggi yangiliklar

02:14"Ювентус" "Аталанта"ни мағлубиятга учратиб, Италия кубогини қўлга киритди!  2 02:00АПЛ. МЮ "Ньюкасл"ни, "Челси" эса "Брайтон"ни мағлубиятга учратди (+турнир жадвали)  8 01:09Россия кубоги, ярим финал. ЦСКА пенальтилар сериясида "Зенит"га ютқазди. Файзуллаев сериядан бир неча дақиқа аввал алмаштирилди  1 00:06Тони Кроос де Лигтнинг голида ҳакам хато қилганини айтди  8 23:33Италия кубоги финали! "Аталанта" – "Ювентус". Бошланғич таркиблар аниқ  1 23:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" – "Ньюкасл". Асосий таркиблар аниқ!  6 23:05АПЛ. "Брайтон" – "Челси". Таркиблар аниқ!  4 22:59Ла Лига мавсумнинг энг яхши ёш ўйинчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  7 22:36АПЛда янги мавсумдан ВАР бекор қилиниши мумкин!  9 22:00Россия кубоги ярим финали! "Зенит" – ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибдами?  15 21:53"Ювентус" янги бош мураббий билан келишиб қўйди  3 21:21Жейми Каррагер: "Ортега "Сити"ни чемпион қилди"  7 20:57Ла Лигада мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар эълон қилинди. Хави улар орасида йўқ  6 20:40Танга ташлаш орқали финалчи аниқланган ҳамда ҳал қилувчи ўйини қайта ўтказилган Европа чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  1 20:19"Футбол олами". "Нефтчи" - "Андижон" 2:2, "Навбаҳор"да ғалаба ва 7-турнинг қолган ўйинлари ҳақида  0

Ravshan Ahmedov: "Natijani chetga surib qo'ygan holda yosh futbolchilarning harakatlarini olqishlayman" Yangiliklar

Ravshan Ahmedov: "Natijani chetga surib qo'ygan holda yosh futbolchilarning harakatlarini olqishlayman"

O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Lokomotiv-BFK" (6:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Ahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatdagi aytadigan fikrim, natijani chetga surib qo'yib jamoamiz tarkibida harakat qilgan yosh futbolchilarning harakatlarini olqishlayman. Ular bugun kuchli jamoaga qarshi qo'rqmasdan dadil harakat qilishdi. Vaziyatlar yaratdik, hujumlar ham tashkil etdik. Muhimi, 17-18 yoshli futbolchilardan iborat yosh tarkibimiz o'zlariga bo'lgan ishonch bilan maydonda harakat qilishdi.

- "Lokomotiv-BFK" yosh tarkibi bilan chempionat uchrashuvlarida qanday vazifa bilan davom etadi?

- Albatta, tarkibimizda yosh futbolchilar bor. Aytib o'tganimdek, 17-18 yoshli yigitlar jamoamizda harakat qilishayapti. Biz ularni katta futbolga munosib tayyorlash va tajriba to'plashlari uchun imkoniyat berish maqsadida harakat qilayapmiz.

- Jamoangiz kubok uchrashuvlari davomida ko'rsatgan natijalardan qoniqdingizmi?

- Kubok davomida Superliga klublari bilan o'ynadik. Natijadan emas, ko'rsatgan o'yinlarimizdan qoniqdim. Katta tajriba to'pladik.

Reyting:    

Fikrlar

29 apr 11:30:01
Olim
user foydalanuvchining fikriga javob berish
Биринчи навбатдаги айтадиган фикрим, натижани четга суриб қўйиб жамоамиз таркибида ҳаракат қилган ёш футболчиларнинг ҳаракатларини олқишлайман. Juda aqlli fikr. Rosdanam yosh bolalarga qarshi bo'lgan o'yinlarda yuqori liga klublari noprofessionallik qilishyabdi deb o'ylayman. Sila yuqori ligada, har hafta, yaxsih maoshda futbol o'ynab yurasila. Quyi ligada futbolga qiziqishi uchungina o'ynab yurgan maktab o'yinchilariga 5-8 talab gol urish professionallik emas. Shunchaki, 2 ta , xo'p 3 ta ur. Bo'ldi, uyog'iga qaysidir fintingni o'rganib tur, pas beri tur. O'zing tenge yuqori klubla bn o'ynab qolsang, burningni yerga ishqalaydi, buyoqda endi maktab bolalaridan alamingni olib yurisban
Рахмат фикрингиз учун
-1   
29 apr 11:04:17
user

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика