Kalyari SHomurodovni olib qolmoqchi. Roma esa terma jamoamiz sardoriga narx belgiladi
26 apr 08:54
Yangiliklar
Kalyari SHomurodovni olib qolmoqchi. Roma esa terma jamoamiz sardoriga narx belgiladi
So'nggi oylardagi ajoyib o'yinlari sababli Kalyari Eldor SHomurodovni jamoada saqlab qolmoqchi.
Biroq hujumchining transfer huquqi tegishli bo'lgan «Roma» so'rayotgan pulni Klaudio Raneri jamoasi bera olmasligi mumkin. Rimliklar termamiz sardorining transferidan 8-9 million evro ishlab olishni maqsad qilgan.
Malumot uchun, SHomurodovning «Roma» bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Rimliklar hujumchimizni 2021 yilda 19 million evroga sotib olgan.
Joriy mavsum Eldor A Seriyada 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 tadan gol va golli uzatma mavjud.
Fikrlar
Узимизни айрим ичи чириганлар Элдорни куролмайдиганлар факат пастга уриш билан овора. Шу Элдор туфайли футболчиларимизга кизикиш янаям ортди! Давлатимиз байроги хохлайсанларми ёки йукми Элдор сабаб Италияда ва футболга кизикиши бор бошка топ 5 лигаларида купрок танилди.
Элдорга омад! Маврикни деб уз миллатдошини пастга шунгишини кутаётганларга сабр токат тилаймиз!