So’nggi yangiliklar

16:33"Динамо" "Пахтакор" билан дуранг ўйнаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:17Тони Кроос ЕВРО-2024дан кейин фаолиятини якунлайди  7 15:59Диққат танлов. KELME брендидан футбол тўпини ютиб олинг!   5 15:42АПЛ янги мавсумида "VAR" бошқачароқ ишлайди  2 15:18"Челси" ўзига эҳтимолий мураббий топиб қўйди   2 14:50"Кристал Пэлас" "Бетис" футболчисига қизиқмоқда  1 14:19"Барселона" ёш иқтидорли ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  3 13:50Лаутаро Мартинес келажагини "Интер"да кўрмоқда  1 13:32Постекоглу "Тоттенхэм" камида уч нафар янги футболчи сотиб олишини истамоқда  2 13:17Бу қизиқ. "Сити" дарвозабони беш йилда иккита ўйинда майдонга тушди, лекин клуб уни қўйиб юбормайди  7 12:49Тошкентда ўтказилган "Воҳа дербиси"да "Насаф"нинг қўли баланд келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 12:36Ўзбекистон футзалининг энг яхшиларини тақдирлаш маросимига таклиф этамиз  1 12:24Баркли "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  1 11:59"Манчестер Юнайтед" Санчони 50 миллионга сотмоқчи  3 11:34"Байер" билан чемпион бўлган ҳимоячи "Бавария"га қайтади  3

Giorgi Nikabadze: "Al Ittihod" mag'lub bo'lmaydigan jamoa emas. "Navbahor" maqsadi yo'lida raqib tanlamaydi" Yangiliklar

Giorgi Nikabadze: "Al Ittihod" mag'lub bo'lmaydigan jamoa emas. "Navbahor" maqsadi yo'lida raqib tanlamaydi"

"Navbahor" qishki transferlar vaqtid tarkibiga gruziyalik hujumchi Giorgi Nikabadzeni qo'shib oldi.

O'tgan mavsum ikkinchi davrasida "Neftchi"da to'p tepgan futbolchi endilikda "lochinlar" sharafini himoya qiladi. Nikabadze "Al Ittihod" bilan o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- "Navbahor"ga qanday qilib kelib qoldingiz? Yangi jamoangiz haqidagi dastlabki taassurotlar bilan o'rtoqlashsangiz...

- Intervyuga taklif qilganingiz uchun rahmat. Yangi jamoamda barchasi yaxshi va yoqimli. "Navbahor" tomonidan taklif bo'ldi. Taklifni o'rganib chiqib rozi bo'ldim. SHartnoma imzoladik. Bor gap shu. 

- "Neftchi"dan ketishingizni sababi nimada?

- Bu haqida gapirishni istamayman. Men barcha etiborimni oxirigacha "Navbahor"ga qaratganman. "Navbahor" bilan barcha musobaqalarda g'olib chiqmoqchimiz. 

- Moslashish qiyin kechmayaptimi?

- "Navbahor"da ahil oila yig'ilgan. Bu erga kelgunimga qadar Toma Tabatadzeni bilar edim. SHu bois moslashishda muammoga duch kelmadim. 

- Oldinda "Al Ittihod"ga qarshi uchrashuv kutmoqda. Bizda hali chempionat boshlanmagan. Bu omil rasmiy o'yinlarda pand bermaydimi?

- "Al Ittihod"ni qanday raqibligini va kuchini yaxshi bilamiz. Lekin mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q. Bu to'siqni engib o'tish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. 

- Raqib tarkibida mahoratli va tajribali nomlar ko'p. "Navbahor" "Al Ittihod"ning ustunligini qanday qilib yo'qqa chiqarishi mumkin? 

- "Navbahor" o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. SHu bois har qanday raqibni yutishimiz kerak. 

- "Neftchi" va "Paxtakor"ga qarshi o'yinlar "Navbahor" uchun principial ahamiyatga ega. Siz qaysi to'qnashuvni ko'proq kutyapsiz?

- CHempionlik yo'lida har bir raqib muhim hisoblanadi. Mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutyapman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика