So’nggi yangiliklar

17:57Англиянинг Евро-2024 учун қайдномасида Маркус Рэшфорд учун жой топилмади  7 17:36Виктор да Силва: "Янги чемпионатга киришиб кетиш осон кечмайди ва бироз вақт талаб қилади"  0 17:15Шошмай туринг, Де Зербини кейинги манзили Мюнхен эмас, Турин бўлиши мумкин  1 16:54Темур Чогадзе: "Насаф"нинг асосий мақсади Ўзбекистон кубоги эмас, Суперлига чемпионлиги"  6 16:33"Динамо" "Пахтакор" билан дуранг ўйнаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:17Тони Кроос ЕВРО-2024дан кейин фаолиятини якунлайди  12 15:59Диққат танлов. KELME брендидан футбол тўпини ютиб олинг!   9 15:42АПЛ янги мавсумида "VAR" бошқачароқ ишлайди  2 15:18"Челси" ўзига эҳтимолий мураббий топиб қўйди   1 14:50"Кристал Пэлас" "Бетис" футболчисига қизиқмоқда  0 14:19"Барселона" ёш иқтидорли ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  2 13:50Лаутаро Мартинес келажагини "Интер"да кўрмоқда  0 13:32Постекоглу "Тоттенхэм" камида уч нафар янги футболчи сотиб олишини истамоқда  1 13:17Бу қизиқ. "Сити" дарвозабони беш йилда иккита ўйинда майдонга тушди, лекин клуб уни қўйиб юбормайди  6 12:49Тошкентда ўтказилган "Воҳа дербиси"да "Насаф"нинг қўли баланд келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Asror Aliqulov: "Kubok o'yinlarida imkon qadar uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Kubok o'yinlarida imkon qadar uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz"

O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Aral-akademiya" (8:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Albatta "Aral-akademiya" jamoasi tarkibi yosh futbolchilardan iborat. Biz bu o'yin orqali chempionatda "Xorazm" bilan uchrashuvga tayyorgarlikni maqsad qilgandik. Yosh jamoalarga qarshi o'yinda qarshi hujumga tushib qolmaslik xavfi bo'ladi. "Mashal"ni navbatdagi bosqichga chiqqanligi bilan barchani tabriklayman.

- Keyingi bosqichdagi qaysi jamoa bilan to'qnash kelishni istagan bo'lardingiz? SHuningdek, jamoaning kubok o'yinlarida oldidagi maqsadlari qanday?

- Qura o'z nomi bilan qura. Biz hozir falon jamoa nomini aytsak, o'sha jamoa tushib qolmaydi. Kubok uchrashuvlarida imkon qadar uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz. Qaysi jamoa tushsa, o'rganib chiqib, g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz.

- "Nasaf" O'zbekiston kubogini tark etdi. Sizningcha, bu yilgi mavsumda qaysi jamoa kubok sohibi bo'ladi?

- "Nasaf" ketma-ket 3 yildan buyon O'zbekiston kubogi bosh sovrinini qo'lga kiritib kelayotgandi. Kubok o'yinlarida kutilmagan holat ham bo'lib qolishi mumkin. Tarkibi kuchli Superliga klublari imkoniyatlarini yuqori baholayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
30 apr 13:19:40
PFK HAQIQAT
Mashʼalga omad
   
30 apr 11:07:44
James Armstrong
Shurtanga qayt Anu luli hammasini kutiga urdi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика