So’nggi yangiliklar

01:45"Манчестер Юнайтед" "Бавария" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 01:13Роналду Фьюри ва Усик жанг қиладиган Ар Риёддаги аренага келди  1 00:44"Барселона" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 00:02Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради  6 23:31"Байер" мавсум стартидан бери 51та мағлубиятсиз ўйин ўтказди – 42 ғалаба ва 9 дуранг. Олдинда иккита баҳс қолди  5 23:04Веско Стешевич: "Ҳақиқий эркакча футбол гувоҳи бўлдик ва дуранг адолатли натижа бўлди"  8 22:41Александр Хомяков: "Ғалабага лойиқ эмас эдик. Ҳужумда деярли вазият яратмадик"  13 22:27Жамшид Саидов: "Қизил карточка ўйин натижасига таъсир кўрсатди"  1 22:00Сергей Чигодаев: "Бош мураббий эртага Тошкентга қайтади"  1 21:47"Сурхон", "Локомотив", "Бунёдкор", "Ростов" ва Италиянинг "Комо" жамоаси – уларни нима бирлаштиради? Уларнинг ҳар бирида "қўғирчоқ мураббий" бор  3 21:02Суперлига. «Андижон» ўз уйида «Металлург» билан дуранг ўйнади  82 21:00Суперлига. Ютаётган "Қизилқум" бир киши кам бўлиб қолгач, "Олимпик"дан тўртта гол қабул қилиб олди  12 20:25Бундеслигада чемпионат якунланди. "Байер" лига тарихида илк бор мавсумни мағлубиятсиз тугатди, "Бавария" эса 3-ўринга тушиб кетди  18 20:20Саудия Арабистони АПЛдан бир қанча юлдузларни олиб кетмоқчи. Нишонда Салоҳнинг ўзи эмас  2 19:52Де Дзерби "Бавария"га ўтяпти: "Брайтон" мураббийнинг кетиши ҳақида эълон қилди  3

Superliga-2024. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Lokomotiv" "Navbahor"ga yirik hisobda yutqazdi Yangiliklar

Superliga-2024. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Lokomotiv" "Navbahor"ga yirik hisobda yutqazdi

Superliga 6-tur doirasidagi "Navbahor" - "Lokomotiv" o'yini yakunlandi.

"Navbahor" - "Lokomotiv" 4:0
5 may 2024 yil. Namangan, "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Aziz Asimov, Nikita Afinogenov, Dilshod Jumaniyozov, Nikita Mustafin
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Akmal Rahimov
Nazoratchi: Jahongir Saidov
Komissar: Diyor Xotamqulov. 

Gol: 1:0 — 29, Jamshid Boltaboev (Abror Ismoilov), 2:0 — 50, Odil Hamrobekov (Jamshid Iskanderov), 3:0 — 62, Yovan Jokich (Jamshid Iskanderov), 4:0 — 90+4, Siyavash Haqnazari.

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov (s), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov (8. Siyavash Haqnazari, 84), 11. Asadbek Sobirjonov (17. Ruslanbek Jiyanov, 77), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 22. Toma Tabatadze (71. Navro'zbek Iminjonov, 83), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Abrorbek Ismoilov (6. Ibrohim Yo'ldoshev, 70).

Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 19. SHerzodbek Abdulboriev, 21. Giorgi Nikabadze, 24. Dostonbek Abdulhaev, 27. Ozodbek O'ktamov.

"Lokomotiv": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 4. Ivan Rogach, 6. SHerzod Komilov (55. Anzur Ismoilov, 46), 7. Sardor Abdunabiev (28. Quvonchbek Abraev, 81), 8. Damyan Krayishnik (27. Sobit Sindarov, 73), 11. Izzatilla Abdullaev (10. Ivan Bulatovich, 53), 14. Dilshod Komilov, 17. Sanjar Tursunov (s), 22. Muhammadanas Hasanov, 26. Abdulloh Yo'ldoshev.

Zaxira: 16. Danil Baklanov, 32. Suhrob Sultonov, 23. Jahongir Hoshimboev, 77. Lazizbek Mirzaev.

Ogohlantirish: SHerzod Komilov (45+2), Dilshod Komilov (54).

CHetlatish: Dilshod Komilov (75, 2SK).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. GOL! Zaxiradan maydonga tushirilgan Siyavash Haqnazari Jokichning zarbasidan so'ng darvozabondan qaytgan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi!

90+2. Sayfiev Jokichni qulay vaziyatga olib chiqqandi, ammo jamoadoshi to'pga eta olmadi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

84. "Navbahor" tarkibida ketma-ket o'zgarishlar sodir bo'lmoqda.

78. Mezbonlarning standarti xavfli ko'rinish oldi, Ivanovich yakuniy zarbani yo'llashda aniq harakat qila olmadi.

75. Dilshod Komilov Tabatadzeni qo'pol ravishda to'xtatib qolgani uchun ikkinchi sariq kartochkani qabul qilib, maydondan chetlatildi.

70. Navbahor"da o'zgarish: Yo'ldoshev Ismoilov o'rniga maydonga tushdi.

69. Mehmonlar tomonidan yo'llagan zarbani Yusupov xotirjam tarzda ushlab oldi.

62. GOL! Iskanderovning ajoyib uzatmasidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Jokich pasni mohirlik bilan nihoyasiga etkazdi.

61. Mehmonlarning standart vaziyati xavfli ko'rinish oldi. Krayishnik juda yaqin masofadan aniq zarba yo'llay olmadi.

57. Tabatadze "Lokomotiv" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo uning kuchsiz tarzda yo'llagan zarbasi Abdujalilovga qiyinchilik tug'dirmadi.

54. Jamoasi yutqazayotgan Dilshod Komilov vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

53. "Lokomotiv" tarkibida o'zgarish: Abdullaev o'rniga Bulatovich maydonga tushirildi.

52. Izzatilla Abdullaevning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

50. GOL! Burchak to'pidan boshlangan hujum Hamrobekovning chap oyoqdagi aniq zarbasi bilan yakunlandi! 


48. Mezbonlarda xavfli vaziyat yuzaga keldi. Tabatadzening pasidan so'ng Iskanderovning 18 metrlardan yo'llagan aylanma zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Anzur Ismoilov SHerzod Komilovni almashtirdi. 

Taym yakunlandi.

45+2. Sobirjonovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Vaziyatga noroziligini bildirgan SHerzod Komilov esa ogohlantirildi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. GOL! Tabatadze "Lokomotiv" darvozasini ishg'ol qildi, biroq hakam o'yindan tashqari holat qayd etdi.

43. Odil Hamrobekovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Navbahor" yarim himoyachisi oyog'ida biroz og'riq sezmoqda.

41. Komilovning chap qanotdan uzatgan to'pi judadan juda noaniq ko'rinish oldi.

39. Sayfiev "Lokomotiv" murabbiyi bilan gap talashib qoldi. Murabbiy ikkalasiga ham cho'ntagidagi predmetni ishga solishini malum qilib, ularni tinchlantirdi. 

37. Sayfievning chap qanotdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Abdujalilov o'z o'rnida.

31. Tursunov uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, ammo uning o'ylagan rejasi amalga oshmadi.

30. Ismoilov bir daqiqa ichida jamoasiga hisobiga yana bitta gol yozdirib qo'yishiga bir bahya qoldi, biroq u o'yindan tashqari holatda qolgan ekan. 

29. GOL! Ismoilovning pasidan so'ng Boltaboev olis masofadan raqib darvozasining pastki burchagini aniq nishonga oldi!

25. Abdujalilov bu safar Sayfievning uzatmasini bartaraf etdi. Mezbonlarning qanotdan jarima maydoniga oshirish uslubi naf bermapti. Ehtimol, Babayan "b" rejasini ishga solishi kerakdir, bo'lsa agar. SHu bilan birga, mehmonlarda ham hujum qilish xohishi yo'qdek. 

24. Sobirjonovning chap qanotdan uzatgan to'pini Abdujalilov egallab oldi.

21. Uchrashuvning dastlabki choragida o'yin tempi yuqori emas. Mezbonlar hujumlarida so'nggi uzatmalarda noaniqliklar ko'zga tashlanmoqda. Mehmonlar esa hujumga o'tishga shoshilmayapti. Ular qarshi hujumda omadini sinab ko'rmoqchidek yoki raqiblarining charchashini kutishmoqda.

16. Iskanderovning burchakdan uzatgan to'pini Ahmedov boshi bilan sherigiga oshirdi, ammo mehmonlar bu pasni payqab qolishdi.

Turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.

14. "Navbahor" darvozaboni chap qanot orqali jamoadoshini olg'a boshladi, ammo uning kross uzatmasiga aniqlik etishmadi. Keyingi hujumda esa Sobirjonovning chap qanotdan uzatga to'piga ham aniqlik etishmadi. Mezbonlarda bu borada kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda.

Superligadagi tanaffus chog'ida ikki jamoa ham O'zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasidagi o'yinlarini o'tkazishdi. "Navbahor" "o'lim guruhi"da peshqadam sifatida keyingi bosqichga yo'l olgan bo'lsa, "Lokomotiv" o'z guruhida qolib ketdi.

10. Mezbonlar chap qanotdan markaz tomon Tabatadzeni oldinga boshladi, gruzin hujumchisi esa to'pni to'xtata olmadi.

O'zaro o'yinlarda toshkentliklar ustunlikka ega.

3. Mezbonlarda xavfli hujum yuzaga keldi. Boltaboevning o'ng qanotdan Tabatadze tomon uzatgan to'pini "Lokomotiv" himoyachilari qiyinchilik bilan qaytardi.

1. Dastlabki daqiqadayoq to'qnashuv yuzaga keldi. Tabatadze Komilovga shikast etkazdi.

1. Uchrashuv boshlandi. "Navbahor" futbolchilari ko'k, "Lokomotiv" o'yinchilari qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

+23   
05 may 19:59:40
Barcamania_2016
Тенгма-тенг ўйнаётганда ҳам ўзи 3:0 эдию :)
+18   
05 may 20:01:38
fanat
Сарлавхани каранг кизилгача 3 : 0 эдику Админ негатив
+16   
05 may 19:32:43
Job Ir
Xurshidbek Abduganiev foydalanuvchining fikriga javob berish
Navbahor muhlislari qo'shiq aytishdi o'rganishipti a. Anjandi qo'shiqlarini sozlarini ozgartirib aytishyaptimi xd
Шуни айтса керакда тирноқдан кир қидириш деб хакам хато қилмаяпти Навбахор яққол устунлик қиляпти хакамни Бабаянни айиблашга асос йўқлигида. Мухлисларни камлигини топдизми. Ўзизни камандангиз борми. Навбахор мухлислари учун ички чемпионат қизиқ эмасда
+15   
05 may 19:59:48
Muzaffar
Сарлавхани ёзишниям чичиб куясизларда
+15   
05 may 18:55:17
fayzullo turg'unov
Набахорга омад андижон мухлиси
+14   
05 may 19:39:45
Job Ir
fayzullo turg'unov foydalanuvchining fikriga javob berish
Сен сикяптими кут андижонга тил текизма иславот тушиндими сука ГУЛАР шахрига Келиб сиктириб кеткан жойин борми диман кут
Эй ифлос нимага хамма коментга Наманганни ёки Навбахорни аралаштираверасан. Шунчалик огритиб сикганми Навбаҳор сани. Ким сикса навбахордан кўраверасанми йибан. Наманганликлар сани камандангга шунчалик хурматсизлик килмайди санлар доим ифлослик қиласанлар. Кечаги Навбахор андижон ўйинида хам мухлислар хурмат кўрсатди ўтган йили хам шунака бўлганди. Навбахор Андижонга борса санлар чичиб қўясанлар. Бу гапим бази бир Андижонни адекват мухлисларига тегишли эмас.
+14   
05 may 18:29:14
G‘alaba
Chiroyli gol
+11   
05 may 18:23:42
Rasul M
Azizjonov Sarvarbek foydalanuvchining fikriga javob berish
Navbaxor muxlislari n 1..stadionda odam bormi ozi nechta kirdi
Men navbaxor muxlisimasman lekin Boldide aka Namuncha yozishizdan Andijon muxlisi ekaniz bilinib turubdi uzi muxlislik ajoyib silarda boshqa nima bor...muxlislikdan boshqa maxtanadigan nima bor saviya oz joyiga qaytadi yaqinda...Xafa bolmang yana ikki yoki uch yil oldin pro ligaga tushub ketishiga oz qolayotgan jamoa edi...Muxlislik bolaveradi...Galatasaroy fenerbahche Beshiktosh Partizan Crvena Zvezda olimpiakos muxlislari oldida nima bu shunga qaramay men sanagan jamoalar evrokuboklarda omadsiz andijon faqat shu yil yaxshi oyin korsatayapdi u xam bolsa mavsum boshida xali Nasaf Neftchi Pakhtakor navbaxorlaega tenglash uchun ancha ish qilishi kerak ...Qaysi malumotga kirsang bizda eng zor muxlis deb yozishipdi....Yutsa yulduzga aylantirib tashagandilaring kecha yutqizdi muxlislik deysizlar otdan tushsalaringam egardan tushmaysizlar....
+11   
05 may 18:23:10
Mustafoo
Assolomu alaykum qőshnilarimizga omad Navbahor omad yor bőlsin. (Andijon muhlisi)
+10   
05 may 19:31:08
Asqarov Tursunboy
Navbahorga omad tilayman
+10   
05 may 18:33:12
Liverpul Navbahor
Navbahorga omad
+10   
05 may 18:16:39
Odiljon
Azizjonov Sarvarbek foydalanuvchining fikriga javob berish
Navbaxor muxlislari n 1..stadionda odam bormi ozi nechta kirdi
Барибир шунда хам мухлислар якунда энг кўп бўлади
+9   
05 may 20:08:29
Barcamania_2016
Гап йўқ. Аста-секин барчаси изига тушмоқда. Жамоадаги муҳит ҳам зўр. Қолаверса, аниқ паслар ва дарвоза томон зарбаларда ҳам анчагина статистика яхшилангани кўриниб турибди. Ўйлаймизки, бу “Навбаҳор” мавсум якунида барчамизни хурсанд қилади ҳамшахарлар. Искандеров Тони Кроссни ёқиб олган вазият шунчаки супер, пасга мазза қилдик. Ҳа айтганча, Ҳақназари учун алоҳида хурсандман! Олға “Лочинлар”!!!
+9   
05 may 19:29:51
Job Ir
Mustafoo foydalanuvchining fikriga javob berish
Assolomu alaykum qőshnilarimizga omad Navbahor omad yor bőlsin. (Andijon muhlisi)
Рахмат Андижонни адекват мухлисларига.
+9   
05 may 18:31:29
Navbahor 1996 yil chempion
Яхши
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика